15.08.2025 09:52
80

Oʻzbekistonda "Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi" boshlandi



15 avgustdan boshlab, Respublika boʻyicha maktab va maktabgacha taъlim muassasalarida "Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi" eъlon qilindi. Mehnat inspektsiyasi barcha taъlim muassasalarida nazorat tadbirlari oʻtkazadi.

Bandlik vazirligi bayonotida keltirilishicha, soʻnggi kunlarda oʻqituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari haqida xabarlar koʻpaymoqda.

Oʻqituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish boʻyicha 10 ga yaqin holatlar tasdigʻini topib, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan maъmuriy javobgarlik choralari qoʻllangan. Tegishli vazirlik va idoralarga qonunbuzilish holatlarining kelib chiqish sabablarini oʻrganish hamda ularning kelib chiqishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

Taъkidlanishicha, haftalik doirasida majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan ish beruvchilar va barcha masъul mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari koʻriladi.

Mavzuga aloqador