03.02.2025 08:45

Oʻzbekistonda mahsulot va xizmatlarga «Halol» belgisi beriladi



Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi 2025 yil 1 maydan boshlab mamlakatda «Halol» belgisini joriy etishga ruxsat berdi. Bu qaror Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) talablariga muvofiq mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yaratishni nazarda tutadi.

Qarorga koʻra:
- «Halol» talablariga muvofiq mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibi tasdiqlandi.
- Sertifikatlangan mahsulot va xizmatlarni davriy baholash mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi.
- Sertifikatlashtirish organlari tashkil etiladi va ular xalqaro standartlar asosida ish olib boradi.
- «Halol» belgisining rasmiy shakli va oʻlchami belgilanadi.

Sertifikatlashtirish SMIIC standartlariga asosan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda 6 oy muddatda sertifikatlashtirish organini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazadi.

Mazkur qaror rasmiy eʻʻlon qilingan kundan eʻʻtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Mavzuga aloqador