12.11.2024 18:15
Oʻzbekistonda LGBT targʻibotini taqiqlovchi qonun ustida ishlayapmiz - Alisher Qodirov
«Milliy tiklanish» partiyasi etakchisi Alisher Qodirov Oʻzbekistonda LGBT targʻibotini taqiqlovchi qonun ustida ish olib borilayotganini maʻʻlum qildi. U AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Trampning LGBTni taqiqlash haqidagi vaʻʻdalariga ishora qilib, «xastalikning oʻchogʻidagi oʻzgarish juda yaxshi» ekanini taʻʻkidladi.
«Milliy tiklanish» partiyasi etakchisi Alisher Qodirov 11 noyabrʻ kuni oʻz kanalida X ijtimoiy tarmogʻidagi IvankaNews_ sahifasida eʻʻlon qilingan AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Trampga tegishli ekani iddao qilinayotgan «bolalarga nomaqbul jinsiy maʻʻlumotlarni oʻrgatuvchi va transgender savdoyiligini targʻib qiluvchi barcha maktablar uchun» federal moliyalashtirishni toʻxtatish rejalarini oʻz ichiga olgan iqtibosga munosabat bildirdi.
Alisher Qodirov xastalik oʻchogʻidagi oʻzgarish juda yaxshi ekanini yozdi. «Oʻzbekistonda bu masalada har qanday targʻibotni taqiqlash boʻyicha qonun qabul qilish ustida ishlayapmiz», — deb yozdi deputat.
«Biz tanqidiy irq nazariyasi, transgender savdoyiligi yoki boshqa har qanday nomaqbul irqiy, jinsiy yoki siyosiy kontentni bolalarimizga targʻib qiladigan har qaysi maktab uchun federal mablagʻni qisqartirishni rejalashtirmoqdamiz», - deyiladi Donalʻd Trampga tegishli ekani aytilayotgan iqtibosda.
U, shuningdek, «majburiy emlash yoki majburiy niqob taqish amalda boʻlgan biror maktabga bir tsent ham bermasligini» qoʻshimcha qilgan.
Gazeta.uz ning «Milliy tiklanish» partiyasiga tayanib maʻʻlum qilishicha, partiyaning oʻquv tadqiqotlari markazi tomonidan rahbar Alisher Qodirov bilan birgalikda Oʻzbekistonda «LGBT targʻiboti»ni taqiqlash toʻgʻrisidagi hujjat ishlab chiqilmoqda.
«Bu shunchaki loyiha. Hujjat dastlabki bosqichda va partiyaning oʻzida ishlab chiqilmoqda. Oʻquv tadqiqotlari markazi nodavlat notijorat tashkiloti boʻlib, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas. Yaʻʻni hujjat hozircha qonun loyihasi maqomiga ega emas va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilmagan. Hujjatni ishlab chiqish tugallanib, xulosa olinsa, ana shunda Qonunchilik palatasiga kiritilishi mumkin», — deya taʻʻkidladi partiya.
«Milliy tiklanish» bu masalani Oʻzbekiston uchun «dolzarb» deb hisoblaydi. «Bu dolzarb, chunki bizda chet elga sayohat qiluvchilar koʻp va internetda [bu mavzu boʻyicha] koʻplab materiallar mavjud. Agar hozir bolalarning ongi salbiy oqibatlardan himoya qilinmasa, keyin buni qilishning ilojisi yoʻq. Barchasi inson va bolalar huquqlari bilan bogʻliq», — dedi partiya vakili.
2021 yil iyunida Alisher Qodirov LGBT jamiyati aʻʻzolarini mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qilgandi. Uning fikricha, «bunday odamlar 100 yildan keyin ham oʻzbek jamiyatida yashay olmaydi, shuning uchun ularga yordam kerak». Siyosatchining soʻzlariga koʻra, uning bayonotlaridan soʻng, yuzga yaqin LGBT vakillari unga minnatdorchilik bilan murojaat qilgan.
2022 yil dekabrida Oʻzbekistonda OAV, saytlar va blogerlarga «bir jinslilar oʻrtasidagi gʻayritabiiy aloqalarni targʻib qilish»ni taqiqlash rejalashtirilayotgani maʻʻlum boʻlgandi. Ushbu ibora sohadagi 8 ta qonunni birlashtirish taklif etilayotgan Axborot kodeksi loyihasidan oʻrin olgan.