Alisher Qodirov: "Rusofob emasman... Sovetofob ekanimni tan olaman"
Rus
millatiga mansub bir vatandoshimiz meni nima uchun rusafobligim haqida soʻrabdi. Javobim oddiy, men hech qanday
rusafob emasman!
Sovetafob
ekanligimni tan olaman! Sovet davlati tariximiz, toʻgʻri, lekin tariximizning qora qogʻozlarida qolib ketishi, kelajagimizda
boʻlmasligi kerak deb hisoblayman.
Rossiya katta
va qudratli qoʻshnimiz. Rossiya bilan yaxshi qoʻshnichilik, umumiy manfaatlar va
hamkorlikda rivojlanishdan manfaatdormiz, albatta. Ayrim masala va maqsadlarda
bir xil oʻylamasligimiz ham tabiiy, ular boʻyicha kelishish, oʻrta nuqtalarni topish
xalq vakolat bergan hukumatning mahoratiga bogʻliq.
Rossiya-Ukraina
munosabatlari haqida…
Oʻzbekiston
har qanday holatda ham oʻz manfaatini oʻylab toʻgʻri qilmoqda. Har qanday urush kelishuv
bilan yakunlanadi. Aqlli boshqaruv urushgacha bormaydi.
Rus tili
masalasida…
Rus tilini oʻrganish
yoshlarimiz uchun ingliz, xitoy, arab va fors tillarini oʻrganish qatorida juda foydali
ekanligini hech qachon rad etmaganman, bundan keyin ham rad etmayman.
Taklifim esa
oddiy va tushunarli, bolalarga bolaligidan ona tili va davlat tilidan boshqa til oʻrgatilmasligi
kerak. Boshqa millatli vatandoshlarimiz ona tilida qadriyatini oʻrgansin, davlat
tilini esa vatani deb hisoblaydigan Oʻzbekistonda yaxshi yashashi uchun oʻrgansin,
tamom.
Maktabni oʻrta
sinflaridan boshlab istagan xorijiy tilini oʻrgansa, shaxsiy rivojlanishiga ham,
mamlakat taraqqiyotiga ham faqat foyda boʻladi.
Rossiya
Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi () davomida
erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston manfaatlariga xizmat qilishiga shubham yoʻq.
Murakkab
davrda, hech kimni qoshu qovogʻiga qaramasdan xalqimiz manfaatlariga uygʻun
harakatlar Davlat rahbarining ichki va tashqi siyosatini qoʻllab-quvvatlashimizga
eng muhim sabablaridan biri.
@alisherQodir