04.03.2025 09:50
518
Oʻzbekistonda jinoyatlar 4 yilda 2 barobardan koʻproqqa oshdi
Oʻzbekistonda 2024 yilda respublika boʻyicha roʻyxatga olingan jinoyatlarning umumiy soni 132 ming 298 tani tashkil etgan. Bu esa oʻtgan vaqt davomida har 100 ming aholidan 199 nafari jinoyatchilikda ayblanganini koʻrsatadi.
Statistika agentligining hisobotida keltirilishicha, Oʻzbekistonda 2024 yilda jinoyatlar soni 2023 yilga nisbatan 27,1 foizga, 2020 yilga nisbatan esa 2 barobardan koʻproqqa oshgan.
Jinoyatlar dinamikasi tahliliga koʻra, oʻta ogʻir jinoyatlar soni 5357 tani tashkil etib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 24,1 foizga oshgan. Ogʻir jinoyatlar soni 2,4 marta oshgan boʻlsa, uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar 33,4 foizga va ijtimoiy xavfi kam boʻlmagan jinoyatlar soni 14,4 foizga kamaygan.
2024 yilning yanvarь-dekabrь oylarida hududlar boʻyicha eng koʻp jinoyatlar Toshkent shahrida (32 106 ta), Toshkent (14 702 ta), Fargʻona (14 289 ta) va Samarqand (9 402 ta) viloyatlarida qayd etilgan.
Bu raqamlarning ortishi soʻnggi yillarda mamlakatda dinu diyonatga qarshi kurash kuchayib, qimor, ichkilikbozlik, fohishabozlik, kashandalik va foizxoʻrlikka keng yoʻl ochilayotgan bir paytga toʻgʻri kelmoqda.