22.02.2025 12:33
Oʻzbekistonda farzandini noqonuniy diniy taъlimga jalb etgan ota-onalar qamalishi mumkin
"Bola huquqlari kafolatlari" toʻgʻrisidagi qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani axborot xizmati xabar berdi.
Endilikda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar farzandini markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki litsenziyaga ega boʻlmagan tashkilotlarga, shaxslarga diniy taъlim olish uchun topshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mazkur huquqbuzarlik sodir etilganda BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga, agarda takroran sodir etilsa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha muddatga maъmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilandi.
Qisqasi, Oʻzbekistonda musulmonlarning oʻz dinini oʻrganishiga turli cheklovlar joriy etilmoqda.