Oʻzbekistonda birinchi Islom bankini yaratish boʻyicha kelishuvga erishildi
Anorbank hamda Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi Oʻzbekistonda birinchi Islom bankini tashkil etish loyihasini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldi
Anorbank hamda
Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) Oʻzbekistonda
birinchi Islom bankini tashkil etish loyihasini hamkorlikda amalga oshirishga
kelishib oldi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar
qildi.
Qayd
etilishicha, 27-30 aprelʻ kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida
boʻlib oʻtgan Islom taraqqiyoti bankining yillik anjuman yigʻilishi doirasida Xususiy
sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi bilan oʻzaro anglashuv
memorandumi imzolandi. Unga koʻra bank va XSRIK investitsiya imkoniyatlari,
moliyalashtirishni oʻrganish va aniqlashda yaqindan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Xususan, Anorbank
va XSRIK Oʻzbekistonda birinchi Islom bankini tashkil etish loyihasini birgalikda
ishlab chiqishga kelishib oldilar.
“XSRIK,
Anorbank va boshqa xorijiy
kompaniyalar investitsiya kiritishi kutilayotgan yangi bank Oʻzbekiston qonunchiligiga
muvofiq tashkil etiladi va mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb
etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Maʻʻlumot uchun: Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom
korporatsiyasi (XSRIK) koʻp tomonlama rivojlanish moliya instituti boʻlib, u oʻziga
aʻʻzo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi. Jidda shahrida
joylashgan ushbu korporatsiya Islom taraqqiyoti banki (IDB) guruhining bir qismi
sanaladi.
Anorbank esa
Oʻzbekistondagi birinchi mahalliy raqamli tijorat banki hisoblanadi.