ITB Oʻzbekiston qishloqlarini kompleks rivojlantirish uchun mablagʻ ajratadi
Islom taraqqiyot banki 2024-2028 yillarda Oʻzbekistonning Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qishloqlar infratuzilmasini yaxshilashga 20 yil muddatga 260 million dollarlik imtiyozli qarz ajratadi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 mart kuni “Islom taraqqiyot banki ishtirokida
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatda
qayd etilishicha, Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonga 2023 yil 26 aprelda imzolangan
Hadli kelishuv va Agentlik kelishuvi asosida 20 yil muddatga 260 mln dollar ajratadi.
5 yil imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi mazkur qarz mablagʻlari hisobidan
2024-2028 yillarda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 21 ta
tumanidagi 157 ta qishloq infratuzilmasi yaxshilanadi.
Loyihaning
umumiy qiymati 293,5 mln dollar boʻlib, Oʻzbekistonning ulushi 33,5 mln dollarni
tashkil etadi. Loyiha doirasida 20 maktab (19 tasi Samarqandda), 14 bogʻcha, 10 ta
oilaviy shifokor punkti (barchasi Samarqandda) quriladi, 200 km ichimlik suvi, 368
kilometr elektr tarmogʻi tortiladi, 53 ta transformator oʻrnatiladi.
Qariyb
330 kilometr yoʻl infratuzilmasi yaxshilashga 717 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.