23.07.2025 12:03
95

Oʻzbekistonda ajrimlar koʻpayib, nikohlar kamayib bormoqda



Oʻzbekistonda joriy yilning olti oyi davomida nikohdan oʻtganlar soni kamayib, ajrimlar soni koʻpaygan. 

Milliy statistika qoʻmitasining maъlum qilishicha, joriy yilning yanvarь-iyunь oylarida qayd etilgan nikohlar soni 95,3 mingtani tashkil etgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 2,1 mingtaga kamaygan. 

Nikohlarning yarmidan koʻpi – 48,7 ming nafari (51,1 foiz) shahar joylarda roʻyxatga olingan. Qishloq joylarda esa 46,6 ming odam (48,9 foiz) nikohdan oʻtgan.

Shu bilan birga, ilk yarim yillikda 23,3 ming er-xotin ajrashgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 0,8 mingtaga koʻp degani. Ajralishlarning aksariyati shaharlarda qayd etilgan. 14,1 ming er-xotin (60,6 foiz) shaharda, 9,2 ming juftlik qishloq joylarda ajrashgan (39,4 foiz). 

Hududlar kesimida eng koʻp nikohdan ajrashish holati Toshkent shahrida (1,5 ming), Toshkent va Fargʻona viloyatlarida (1,2 mingtadan) kuzatilgan. Nikohdan ajralish boʻyicha eng past koʻrsatkich (310 ta) Navoiy viloyatida qayd etilgan.

Mavzuga aloqador