17.02.2025 11:10

Turkmanistonda ajrashish qimmatga tushadigan boʻldi



Turkmanistonda ajrashish toʻlovi birdaniga 5 baravarga qimmatladi. 

Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganlardan 6000 manat, yaъni 3 500 dollardan ortiq miqdorda davlat boji toʻlashi talab qilinmoqda. 

Mahalliy aholining aytishicha, taxminan olti oy oldin boj miqdori 1200 manat - salkam 706 dollar edi. Fuqarolarga bojlar qachon oshirilgani haqida tushuntirish berilmagan.

Turkmanistonda iqtisodiy qiyinchiliklar va keng tarqalgan ishsizlik sharoitida nikohni bekor qilishga qaror qilgan koʻplab fuqarolar 5 baravar qimmatlashgan davlat bojini toʻlay olmayapti. 

Maъlumotlarga koʻra, soʻnggi yillarda ajrashishga qaror qilgan oilalar soni sezilarli darajada oshgan. Aksariyat hollarda bunday oilalar Turkiya yoki Rossiyada yurgan muhojirlardan tarkib topgan.

Mavzuga aloqador