08.04.2025 08:23
175

Xitoy iqtisodiyoti qulash yoqasida

2025 yil 7 aprel kuni Xitoy fond bozori 2008 yildan beri kuzatilmagan eng keskin pasayishni boshdan kechirdi. SAHWA xabariga koʻra, mamlakatning Hang Seng indeksi 9% ga qulab tushdi, Shanhai Shenzhen index (CSI300) esa 5% dan koʻproq kamaydi.


Meduza’ning maъlum qilishicha, ushbu inqirozning asosiy sababi — yangi bosqichga kirgan savdo urushidir: AQSh Xitoy mahsulotlariga bojxona toʻlovlarini keskin oshirdi, Xitoy esa oʻz navbatida 34% lik tariflar bilan javob berdi.


Natijada, yirik banklarning aktsiyalari — HSBC va Standard Chartered — 16% gacha qadrsizlandi. Yuan ham kuchsizlanib, global moliyaviy bozorlarda vahima toʻlqinini keltirib chiqardi, deyiladi OAV xabarlarida. 


Tahlilchilar, bu vaziyat oʻz navbatida Evropa fond indekslarini ham pastga tortganini aytishmoqda. London fond birjasining etakchi indeksi “FTSE 100” ham  4,4% ga tushib ketgani maъlum boʻlmoqda. Neft narxlari va kriptovalyutalar ham sezilarli darajada arzonlashgan.


Shuningdek, AQShning Goldman Sanchs banki tahlilchilari Amerika iqtisodiyotida yaqin kelajakda vaqtinchalik iqtisodiy pasayish (retsessiya) ehtimoli 45% ga oshdi, deya fikr bildirishmoqda.

Mavzuga aloqador