07.04.2025 15:06
235
Xitoy Oʻzbekistonga aviareyslar sonini oshiradi
Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida aviareyslar soni oshiriladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston aviakompaniyasi Xitoyning China Southern Airlines kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazgan. Unda mavjud yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar sonini haftasiga etti martagacha oshirish boʻyicha oʻzaro kelishuv imzolangan.