06.10.2025 16:05
76

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni madaniyat vazirlari oʻzaro hamkorlik boʻyicha hujjat imzoladi



Saudiya Arabistonidagi Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida Ar-Riyod shahrida Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Saudiya Arabistoni podshohligi madaniyat vaziri Badir bin Abdulla bin Muhammad bin Farhan Al Saud oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida, ikki mamlakat oʻrtasida madaniyat va sanъat sohasida hamkorlik yuzasidan hujjat imzolandi.  

Shuningdek, taъlim sohasida hamkorlik qilish hamda Saudiya Arabistonida saqlanayotgan Markaziy Osiyo tarixiga oid betakror va nodir qoʻlyozmalarni oʻzbek tiliga tarjima qilish ishlarida hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Mavzuga aloqador