10.05.2025 14:36
94

Oʻzbekiston va Rossiya harbiy sohada strategik sheriklik rejasini imzoladi



Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov va Oʻzbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuvda 2026-2030 yillarga moʻljallangan harbiy sohada mamlakatlar oʻrtasidagi strategik sheriklik dasturini amalga oshirish rejasini imzoladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 10 may kuni Belousov va Xolmuhamedov ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazgan.

Uchrashuv chogʻida Belousov Rossiya Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalaba uchun Oʻzbekiston SSR qancha haq toʻlaganini hech qachon unutmasligini aytib oʻtgan. U oʻzbek harbiylarining Qizil maydondagi paradda ishtirok etishi ham xuddi shu mantiqqa asoslanganini qoʻshimcha qilgan.

Oʻz navbatida Shuhrat Xolmuhamedov rossiyalik hamkasbiga Moskvadagi harbiy paradda qatnashgan Oʻzbekiston harbiy kontingentini tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirgan.

Mavzuga aloqador