Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida 16 ta hujjat imzolandi
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi ikki mamlakat oʻrtasida 16 ta hujjat imzolandi. Oʻzbekistonning JSTga aʻʻzoligi boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash toʻgʻrisida bayonnoma, Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma, Issiqkoʻldagi kurort-hordiq xoʻjaligi obʻʻektlari boʻyicha hukumatlararo bitim shular jumlasidan.
Shavkat Mirziyoev va Sadir Japarov oʻrtasida boʻlib oʻtgan
muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi, deya xabar
berdi Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Davlat rahbarlari keng qamrovli strategik sheriklik
munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni
imzoladi. Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:
Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan
kurort-hordiq xoʻjaligi obʻʻektlari boʻyicha hukumatlararo bitim;
Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi
hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʻʻzo
boʻlishi boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash toʻgʻrisida bayonnoma;
Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik
toʻgʻrisida bayonnoma;
Madaniyat va sanʻʻat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
2024−2030 yillarda oʻzaro savdo hajmini oshirish boʻyicha
chora-tadbirlar rejasi;
2024−2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi
hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
2024−2026 yillarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʻʻminoti
sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»;
2024−2026 yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari oʻrtasidagi
hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va
mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirgʻiz Respublikasi prezidenti
huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti oʻrtasidagi memorandum va
boshqalar.
Shavkat Mirziyoev Sadir Japarov bilan boʻlgan tor va
kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarda Oʻzbekistonga kuchli va farovon qoʻshni —
Qirgʻiziston kerakligini taʻʻkidladi. Japarov esa Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali
hamkorlikni mustahkamlash Qirgʻiziston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanini
bildirdi.
Eslatib
oʻtamiz, avvalroq ikki davlat rahbarlari uchrashuvlar davomida
Qirgʻizistonning Chuy viloyatida Oʻzbekiston bilan hamkorlikda
Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi, Fargʻona va Namanganda ikkita quyosh elektr
stantsiyasi qurilishiga start berilgani haqida xabar bergan edik.