Qirgʻiziston prezidenti 2 kunga Oʻzbekistonga keladi
Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov 18-19 iyulʻ kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Tashrif doirasida bir qator qoʻshma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi prezidenti
Sadir Japarov 18-19 iyulʻ kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi,
deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif
dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularda Oʻzbekiston
bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini
yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Oʻzaro
savdo hajmini oshirish, biznes va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini
kuchaytirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish,
transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan foydalanish, madaniy-gumanitar
almashinuvni faollashtirishga alohida eʻʻtibor qaratiladi.
Davlat
rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr
almashadilar, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini
muhokama qiladilar.
Bir qator
qoʻshma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash
koʻzda tutilgan.
Taʻʻkidlash
joizki, ayni kunlarda Oʻzbekistonda biznes forumi, rektorlar forumi, Qirgʻiziston
madaniyati kunlari va boshqa qoʻshma tadbirlar oʻtkazilmoqda.