26.04.2025 13:17
39
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanadi
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rasmiylari "Chashma" bulogʻidan erkin va toʻsiqsiz foydalanishi toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari yigʻilishida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Uchrashuvni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Qamchibek Tashiev olib borgan. Tomonlar davlat chegarasi loyiha chizigʻining oʻtish tavsifini tasdiqlashgan.
Kelishuvga koʻra, Chashma bulogʻi Qirgʻiziston hududida qoladi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston fuqarolari buloqdan erkin foydalanishlari mumkin boʻladi.
Oʻzbekiston tomoni suv hajmining uchdan ikki qismidan foydalanish huquqiga ega boʻladi.