12.07.2025 09:37
24
Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik kuchaytiriladi
Oʻzbekiston elchisi Alisher Toʻxtaev Pokiston mudofaa sanoati vaziri Hayat Harraj bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mudofaa va mudofaa sanoati sohasidagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, oʻzaro hamkorlikning aniq yoʻnalishlari muhokama qilingan.
Suhbat davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va, ayniqsa, mudofaa sohasidagi hamkorlikni xalqaro va mintaqaviy jarayonlarni hisobga olgan holda yanada chuqurlashtirishning muhimligi taъkidlangan.
Tomonlar zamonaviy zamonaviy texnologik echimlarni hisobga olgan holda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, tomonlarning ilmiy-texnologik parklar imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdilar.
Oʻzaro hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish uchun turli darajadagi delegatsiyalarning oʻzaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olingan.