20.05.2025 14:16
159
Oʻzbekiston va Ozarbayjon ittifoqdosh davlatlarga aylandi
Prezident Shavkat Mirziyoev 19 may kuni “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.
Ushbu qonun 2025 yil 25 fevralda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 30 aprelda Senat tomonidan maъqullangandi.
Ikki davlat etakchilari Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani 2024 yil 23 avgustda Toshkentda imzolagandi. Oʻshanda Ozarbayjon prezidenti Oʻzbekistonga davlat tashrifini amalga oshirgandi.
Mazkur shartnomada tomonlarning bir-birlariga qarshi qaratilgan hech qanday bloklar yoki ittifoqlarda qatnashmaslik hamda tomonlardan birining fikri boʻyicha ikki davlatning strategik sherikligi va ittifoqchilik munosabatlariga zarar etkazadigan har qanday harakatlarda ishtirok etishdan saqlanish kabi majburiyatlari belgilangan.