Oʻzbekiston va Ozarbayjon birgalikda parom ishlab chiqaradi
Ozarbayjon va Oʻzbekiston birgalikda parom ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Paromlar Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun taqdim etiladi. Loyiha qiymati 150 million dollarni tashkil etadi.
Ozarbayjon va Oʻzbekiston birgalikda parom ishlab chiqarishni
yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Trend xabar berdi.
Paromlar Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun taqdim etiladi. Loyiha qiymati 150 million dollarni
tashkil etadi.
Tomonlar,
shuningdek, transport va tranzit sohasida ikki tomonlama hamkorlikni
kengaytirish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda. Xususan, ombor
infratuzilmasini birgalikda qurish, Transkaspiy yoʻnalishi boʻyicha tashuvlarni
rivojlantirish uchun qoʻshma korxona tashkil etish va boshqa loyihalar koʻzda tutilgan.
Eslatib
oʻtamiz, 22 avgust kuni Toshkentda Oʻzbekiston—Ozarbayjon biznes-forumi
boʻlib oʻtdi. Muzokaralar yakunida 2 milliard dollarlik loyihalar portfeli
shakllantirildi.
Bundan tashqari, 23 avgust kuni prezident Ilhom Alievning
Toshkentga tashrifi doirasida davlat rahbarlarining ikki mamlakat ishbilarmon
doiralari vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yakunida umumiy qiymati
520 million dollarlik 7 ta loyiha ishga tushirishga tayyorlandi.
2023 yil avgustida transport vazirining sobiq oʻrinbosari
Abdusamat Moʻminov Oʻzbekistonning Boku portidagi ombor infratuzilmasidan
foydalanishga qiziqishi borligini maʻʻlum qilgandi. 2022 yilda Boku porti orqali yuk tashish hajmi 904
ming tonnani tashkil etib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 65 foizga oshdi.
Oldingi uchrashuvda Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari
Transkaspiy yoʻlagi doirasida qoʻshma logistika kompaniyasini tashkil etish, Boku va
uchinchi davlatlar portlarida omborlar va logistika markazlarini qurish
imkoniyatlarini muhokama qilgan.