24.07.2025 06:27
111
Oʻzbekiston va Malayziya islomiy moliya bank tizimi boʻyicha hamkorlik oʻrnatmoqda
Oʻzbekiston delegatsiyasi Malayziya Markaziy banki (Bank Negara Malaysia) rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazib, islomiy bank tizimi va moliyaviy tartibga solish borasidagi asosiy hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildi.
Uchrashuvda Malayziya tajribasi – islomiy banklar va moliyaviy institutlarga litsenziya berish, ularni nazorat qilish va tartibga solish jarayonlari batafsil oʻrganildi. Xususan, Shariat tamoyillariga rioya etilishi va islomiy moliya tizimidagi likvidlikni samarali boshqarish mexanizmlariga alohida eъtibor qaratildi.
Malayziyada 16 ta islomiy bank faoliyat yuritadi va ularning aktivlari mamlakat bank tizimi aktivlarining 40% dan ortigʻini tashkil etadi. Islomiy moliyaviy bozor qonunchilik jihatdan rivojlangan boʻlib, investitsiya, sugʻurta va moliyalashtirishning turli shakllari keng qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda esa hozircha toʻliq islomiy bank yoʻq. Bir nechta banklarda ayrim islomiy moliyaviy mahsulotlar tajriba tariqasida joriy etilgan boʻlsa-da, ular hali ham asosiy yoʻnalishga aylanmagan. Qonunchilikdagi boʻshliqlar va nazorat tizimining yoʻqligi sababli, koʻplab tadbirkorlar va fuqarolar islomiy tamoyillarga asoslangan kredit va investitsiya fondlarini topishda qiynalishmoqda.