18.08.2025 11:15
69

Oʻzbekiston va Afgʻoniston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi


  
17 avgust kuni Afgʻonistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi va Oʻzbekiston elektr taъminoti sohasida toʻrtta loyiha boʻyicha shartnoma imzoladi. 

Shartnoma imzolash jarayonida Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ham ishtirok etgan.

Ushbu loyihalar doirasida:

Quvvati 1000 MVt boʻlgan 500 kV kuchlanishli Surxon — Dashti-Alvan elektr uzatish tarmogʻi quriladi;

quvvati 800 MVA (Magavatt amper) boʻlgan «Argandi» podstantsiyasini kengaytiriladi;

220 kV kuchlanishli, quvvati 800 MVt boʻlgan Kobul — Shayx-Masri elektr uzatish tarmogʻi hamda
quvvati 126 MVA boʻlgan Shayx-Masri podstantsiyasi quriladi.

Taъkidlanishicha, Oʻzbekiston 18 oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgan toʻrtta loyihaga 243 mln dollar sarmoya kiritadi. Bu orqali Afgʻoniston Oʻzbekistondan 800−1000 MVtgacha elektr energiyasini import qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Mavzuga aloqador