02.06.2025 17:29
92

Oʻzbekiston "Tolibon" hukumatini qachon va qanday shartlarda tan olishini maъlum qildi


Oʻzbekiston Afgʻoniston muvaqqat hukumatini "vaqti kelganida" tan oladi, biroq buni xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda amalga oshirishni istaydi. Bu haqda prezidentning tashqi siyosiy masalalar boʻyicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov aytib oʻtdi. https://www.youtube.com/watch?v=kdEBhGg8HSI
  
Unga koʻra, Oʻzbekiston Afgʻonistonning amaldagi hukumati bilan oʻzaro munosabatlarda pragmatik va printsipial yondashuvni hamda "Tolibon" harakati ishtirokidagi xalqaro muloqot gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi. 

"Bizning Afgʻoniston bilan hozirgi hamkorligimizda gap tan olish yoki olmaslikda emas. Albatta, vaqti-soati kelganida, tan olamiz, boshqa yoʻl yoʻq. Tan olamiz. Lekin mana shu qadamlarni birgalikda tashlashga, xalqaro hamjamiyat bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda tan olishga harakat qilamiz", degan Komilov.

Komilov afgʻon va oʻzbek xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-tsivilizatsiya makonida yashab kelganini, tarixiy aloqalarni eъtibordan chetda qoldirib boʻlmasligini eslatgan.

Maъlumot uchun, oldinroq Afgʻoniston hukumati Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasini restavratsiya qilish uchun Oʻzbekistonga 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmarini sovgʻa qilgandi.

Mavzuga aloqador