25.07.2025 13:17
59

Oʻzbekiston TIV Tailand va Kambodja oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuv yuzasidan bayonot berdi


 
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi Tailand va Kambodja oʻrtasidagi chegarada yuz bergan qurolli toʻqnashuv munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini maъlum qildi. Diplomatik idora "barcha tomonlarni vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga" chaqirmoqda.

"Hozirgi vaqtda Tailand va Kambodjada istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar mavjud emas. Tailand poytaxti va turizm markazlarida vaziyat barqaror boʻlib, xorijiy sayyohlar uchun xavf-xatar mavjud emas.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga safar qilmaslikni va rasmiy xabarlarni kuzatib borishni soʻraymiz", deyiladi rasmiy bayonotida.

Oʻz navbatida, fuqarolardan uchun favqulodda vaziyatlarda Oʻzbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasiga (+66-2) 675-3995 yoki (+66-2) 675-3996 raqamlari orqali murojaat qilish soʻralgan.

Maъlumot uchun, Tailand va Kambodja oʻrtasidagi munosabatlar hozirda keskin yomonlashgan va qurolli toʻqnashuvlarga aylanmoqda. 24–25 iyulь kunlari bahsli chegara hududlarida harbiy harakatlar avj oldi. Tailand F-16 qiruvchi samolyotlari Kambodja tomoniga aviazarbalar berdi, artilleriya va minomyotlardan foydalanildi. Bu janglar oqibatida hozirgacha kamida 16 kishi halok boʻldi – ularning 15 nafari Tailandda, 1 nafari Kambodjada. Yana koʻplab insonlar yaralangan. Har ikki davlat bir-birini provokatsiyada ayblamoqda.

Mavzuga aloqador