09.06.2025 13:19
167

Oʻzbekiston Slovakiyaning strategik sherigiga aylandi



Oʻzbekiston va Slovakiya oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maъlum qildi.

Maъlumot uchun, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso kecha, 8 iyunь kuni kechqurun Oʻzbekistonga kelgandi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olishdi. 

Bugun, 9 iyunь kuni u “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumentiga gul qoʻydi. Yuqori martabali mehmon boshchiligidagi Slovakiya delegatsiyasi vakillariga majmuaning meъmoriy echimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha maъlumot berildi. 

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. 

Shundan soʻng, Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston va Slovakiya oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Uchrashuv avvalida Mirziyoev ushbu tashrif koʻp qirrali Oʻzbekiston-Slovakiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berishini alohida taъkidlagan.

Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Mavzuga aloqador