22.02.2025 13:56
Oʻzbekiston senati qimor oʻyinlariga ruxsat beruvchi qonunni maъqulladi
Kecha, 21 fevralь kuni senat qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni litsenziya asosida amalga oshirishga ruxsat beruvchi qonunni maъqulladi.
Tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tartibga solish maqsadida mazkur sohani litsenziya asosida amalga oshirish, ushbu oʻyinlarda ishtirok etishi taqiqlangan fuqarolar toifalarini belgilash, oʻyinlarga qaram boʻlgan shaxslar roʻyxatini yuritish, bukmekerlik faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari kabi qoidalar koʻzda tutilmoqda, deyiladi ushbu hujjatning sharhida.
Bir necha kun oldin Fargʻonada qimor sabab qarzga botgan yigit uch bolaning onasini pichoqlab oʻldirgandi. Bungacha ham bank yo MIB xodimi kabi vakolatli shaxslar oʻziga ishonib topshirilgan mablagʻlarni onlayn qimorga tikib yuborgani haqida koʻp eshitdik. Bor-budini qimorga tikib, ustiga ustak katta qarzga botib, soʻng oʻziga va boshqalar zarar keltirayotganlar soni ortib borayotgan bir paytda, turli vajlar bilan hukumatning qimorga ruxsat berishini tushunish qiyin.