04.10.2025 12:12
63

Oʻzbekiston Rossiyadagi migrantlar uchun imtihonni soddalashtirishni taklif qildi



Rossiyada mehnat qilayotgan fuqarolar uchun til va bilim sinovlarini soddalashtirish taklifini ilgari surildi. Bu haqda Migratsiya agentligi direktori Behzod Musaev maъlum qildi. (https://t.me/uzmigration/696)

Unga koʻra, hozirda Rossiyada taxminan 1,3 million oʻzbekistonlik mehnat faoliyati bilan shugʻullanmoqda. Ularning soni mavsum va ish beruvchilar ehtiyojiga qarab oʻzgarib turadi.

Musaevning bildirishicha, ikki davlat oʻrtasidagi mehnat bozorini rivojlantirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ish ruxsatnomalari olish jarayonlarini engillashtirish kabi masalalar muhokama qilingan.

Oʻzbek tomoni rus tili boʻyicha imtihonni toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekistonda oʻtkazishni taklif qilgan va bu taklif Rossiya tomoni tomonidan ijobiy qabul qilingan.

“Imtihon vaqtida tarix yoki qonunchilikka oid koʻplab ortiqcha va amalda keraksiz savollar bor. Biz bu misollarni keltirdik va Rossiya Inson huquqlari kengashi rahbariyati ham bizning fikrimizni toʻgʻri deb hisobladi”, deydi agentlik direktori.

Mavzuga aloqador