11.06.2025 06:27
190
Oʻzbekiston Rossiya TIVga nota yubordi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) Moskvadagi reydlar chogʻida muhojirlar kaltaklangani haqidagi xabarlarga izoh berishini soʻrab Rossiyaga nota yubordi.
TIV matbuot kotibi Ahror Burxonovning maъlum qilishicha, kecha, 10 iyunь kuni vazirlikda Rossiya tomoni bilan migratsiya masalalari boʻyicha navbatdagi uchrashuv tashkil etilgan.
Unda TIV Rossiya hududida ayrim holatlarda Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qoʻpol muomalalar kuzatilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar tashvish uygʻotayotganini taъkidlagan.
Uchrashuvda bunday holatlar "mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarga aslo toʻgʻri kelmasligi, ularning oldini olish uchun aniq chora-tadbirlar zarurligiga" eъtibor qaratilgan.
Vazirlikning xabar berishicha, Oʻzbekiston elchixonasi Moskvadagi vaziyat yuzasidan Rossiya TIVga nota yoʻllab, unga izoh berish va kuch ishlatar tashkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho berishni soʻragan.
Notada qayd etilishicha, yuzaga kelgan vaziyat inson huquqlari yaqqol buzilganidan dalolat beradi, buni esa qabul qilib boʻlmaydi.