11.06.2025 12:52
218

Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston maxsus kuchlari birgalikda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazadi




Ozarbayjonning Boku shahrida joriy yil sentyabrь oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Cheksiz birodarlik – IV” nomli koʻp millatli harbiy mashgʻulotlarga bagʻishlangan konferentsiya boʻlib oʻtdi. Ushbu mashgʻulotlarda Ozarbayjon, Turkiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Pokistonning maxsus kuchlari ishtirok etadi.

APA axborot agentligining xabar berishicha, konferentsiya davomida ishtirokchi davlatlarning maxsus kuchlari vakillari mashgʻulotlarning borishi, tashkiliy masalalar, shuningdek, oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha fikr almashishdi. Uchrashuv davomida asosiy eъtibor maxsus kuchlarning qoʻshma operativ tayyorgarligini taъminlash va ular oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasiga qaratilgan.

Mashgʻulotlarning amaliy bosqichi rejalashtirilib, turli stsenariylar asosida bajariladigan vazifalar muhokama qilindi. Konferentsiyada, shuningdek, harbiy hamkorlik va tajriba almashishning muhim jihatlari ham koʻrib chiqildi.

“Cheksiz birodarlik – IV” nomli koʻp millatli mashgʻulotlar ishtirokchi davlatlarning qoʻshma operativ salohiyatini oshirishga hamda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Mavzuga aloqador