05.02.2025 06:30

Oʻzbekiston prezidentining Malayziyaga rasmiy tashrifi boshlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Malayziyaga rasmiy tashrifi boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4 fevralʻ kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, taʻʻlim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar tantanali kutib oldi. Tashrif munosabati bilan faxriy qorovul saf tortib, ikki mamlakat bayroqlari koʻtarildi.

Prezidentimiz aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan qisqa uchrashuv oʻtkazdi. Unda ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qonun ijodkorligi boʻyicha tajriba almashish va investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 5 fevralʻ kuni boʻlib oʻtadi. Prezident Shavkat Mirziyoev va Bosh vazir Anvar Ibrohim oliy darajada muzokaralar oʻtkazib, Oʻzbekiston-Malayziya biznes forumida ishtirok etadi. Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Bu tashrif ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.


Mavzuga aloqador