Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 avgust kuni Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 avgust kuni Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatlararo hamkorlikning bugungi yuksak darajasi alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo va investitsiyalar, yuk tashish hajmi, ishbilarmonlik va sayyohlik safarlari soni ortmoqda. Har hafta 90 dan ortiq aviaqatnov amalga oshirilmoqda.

Jadal madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida eʻʻtibor qaratildi.

Tegishli "yoʻl xaritasi"ni tezroq qabul qilish, amaliy hamkorlikning institutsional mexanizmlarini ishga tushirish, milliy madaniyat va kino kunlarini oʻtkazish, sanʻʻat, madaniy merosni muhofaza qilish, turizm salohiyatini yuzaga chiqarish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhimligi taʻʻkidlandi.

Oʻz navbatida, Turkiya madaniyat va turizm vaziri Ersoy Oʻzbekiston madaniy faoliyatga katta ahamiyat berayotganini, ayniqsa 2025 yilda oʻzaro madaniy faoliyat va tadbirlarni yanada oshirishini maʻʻlum qildi, shuningdek, Oʻzbekiston sanʻʻat muassasalari va sanʻʻatkorlari bilan Turkiya sanʻʻat muassasalari va sanʻʻatkorlari 2025 yilda oʻzaro tadbirlar oʻtkazishini taʻʻkidladi.

 

Mavzuga aloqador