Oʻzbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 may kuni Eronning elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok boʻlgani munosabati bilan Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Oʻzbekiston prezidenti
Shavkat Mirziyoev 21 may kuni Eron Islom Respublikasining elchixonasiga tashrif
buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida Prezident Ibrohim Raisiy va
unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok boʻlgani munosabati bilan doʻst Eron
xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahburi matbuot xizmati xabar qildi.
Davlat rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik
kitobiga samimiy taʻʻziya va taskin soʻzlarini yozib qoldirdi.
Oʻzbekiston etakchisi elchi Muhammadali Iskandariy bilan qisqa
suhbatda Prezident Ibrohim Raisiy etuk davlat arbobi va siyosatchi boʻlgani,
Eronning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligini
oshirishga hamda mamlakatning xalqaro obroʻsini mustahkamlashga, shuningdek,
davlatlarimiz oʻrtasida oʻzaro manfaatli koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga
ulkan hissa qoʻshganini alohida taʻʻkidladi.
Matbuot
xizmati tomonidan eʻʻlon qilingan fotosuratlarga koʻra, prezident Shavkat
Mirziyoevga Oʻzbekiston bosh muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov ham hamroh boʻlgan va
oʻtganlarning haqqiga Qurʻʻon tilovat qilingan.