13.11.2024 15:30
287

Oʻzbekiston prezidenti arab-islom sammitida nimalar dedi?

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan arab-islom sammitidagi nutqini "Bismillah" bilan boshlab, Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda echim topilishi muhimligini taʻʻkidladi - iqtiboslar.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan arab-islom sammitida nutq soʻzladi. U oʻz soʻzini "Bismillah" bilan boshlab, tadbirni tashkil etgani uchun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. Nutqdagi asosiy iqtiboslar

- Ming afsuski, 2023 yili Ar-Riyod shahridagi tarixiy yigʻilishdan keyin oʻtgan vaqt mobaynida ushbu adolatsiz va qonli urush koʻlami yanada kengaydi.

- Dunyo hamjamiyatining qatʻʻiy harakat va chaqiriqlariga qaramasdan, xalqaro meʻʻyorlar va rezolyutsiyalarning qoʻpol ravishda buzilishi davom etmoqda. Urush olovi endilikda Livan hududini ham qamrab olgani barchamizni qattiq larzaga solmoqda.

- Ming-minglab begunoh bolalar, ayollar va keksalar oʻlimiga sabab boʻlayotgan bu vayronkor va mudhish hujumlar insoniyat yangi tarixining eng qora sahifasiga aylanmoqda.

- Ijtimoiy infratuzilma obʻʻektlari, maktab va shifoxonalar, masjidlar, butun boshli shaharlar yoʻq qilib tashlanayotgani, millionlab tinch aholi boshpanasiz qolib, ocharchilik va kasalliklarga mahkum boʻlayotganini iztirobsiz kuzatish mumkin emas.

- Ushbu fojiaga nisbatan xalqaro maydonda ikki xil standartlar asosida yondashilmoqda. Bu esa urushning keng yoyilib ketish ehtimolini keskin oshirmoqda, xalqaro xavfsizlikka jiddiy raxna solmoqda.

- Oʻzbekiston Falastin – Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yoʻli bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi.

- Bu qadimiy va boy tarixga ega xalq 1967 yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga toʻla haqlidir. Bu borada biz Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan tashkil etilgan Ikki davlat echimi uchun global alʻyans faoliyatini har tomonlama maʻʻqullaymiz.

- Biz urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni Oʻzbekiston shifoxonalarida begʻaraz davolashga tayyorligimizni bildiramiz.

- Biz Falastin xalqiga amaliy yordam koʻrsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda oʻtadigan “Koʻrfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilish niyatidamiz.

- Muqaddas Al-Aqso masjidi, Quddusdagi boshqa noyob tarixiy-madaniy yodgorliklarning daxlsizligini taʻʻminlash hamda ularni beshikast saqlab qolish masalalariga katta eʻʻtibor qaratishimiz lozim.

- Alloh taolodan jahonda tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik neʻʻmatini ziyoda etishini va ummatimiz ahilligini yanada mustahkam qilishini soʻrab qolaman.

Mavzuga aloqador