11.11.2024 17:51
211
Oʻzbekiston falastinlik bolalar va ayollarni oʻz shifoxonalarida davolashga tayyor
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 11 noyabrʻ kuni navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq soʻzladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Saudiya Arabistoni raisligida oʻtgan tadbirda Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, Afrika qitʻʻasining etakchi mamlakatlarining davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, xalqaro hamjamiyatning Gʻazo va Livandagi keskinlikni kamaytirish, yuzaga kelayotgan vaziyatni tez fursatda siyosiy yoʻl bilan hal etishga qaratilgan saʻʻy-harakatlarini birlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Davlat rahbari global siyosat kun tartibidagi eng oʻtkir va ogʻriqli masala – Falastin muammosiga bagʻishlangan sammitni tashkil etgani uchun Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda Valiahd Muhammad bin Salmon Ol Saudga alohida minnatdorlik bildirdi.
2023 yili Ar-Riyod shahridagi yigʻilishdan keyin oʻtgan vaqt mobaynida ushbu urush koʻlami yanada kengayib, Livan hududini ham qamrab olgani afsus bilan qayd etildi.
Prezident Falastin-Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yoʻli bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.
Bugungi sammitda global va mintaqa darajasida samarali mexanizmlar va aniq echimlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etilishiga ishonch bildirildi.
Harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatish, xavfsiz gumanitar yoʻlaklarni taʻʻminlash va tinchlik muzokaralarini boshlash masalalari Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xavfsizlik Kengashining doimiy eʻʻtibor markazida turishi zarurligi qayd etildi.
Qadimiy va boy tarixga ega falastin xalqi 1967 yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga toʻla haqli ekani taʻʻkidlandi.
Shu maʻʻnoda, Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan tashkil etilgan Ikki davlat echimi uchun global alʻyans faoliyati qoʻllab-quvvatlandi.
Bundan tashqari, Falastin va Livan hududidagi gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida etakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Maxsus agentligi doirasida yordam koʻlamini kengaytirish taklif etildi.
Davlatimiz rahbari urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni Oʻzbekiston shifoxonalarida begʻaraz davolashga tayyor ekanini taʻʻkidladi.
Falastin xalqiga amaliy yordam koʻrsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda oʻtadigan “Koʻrfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilish niyati bildirildi.
Prezident muqaddas Al-Aqso masjidi, Quddusdagi boshqa noyob tarixiy-madaniy yodgorliklarning daxlsizligini taʻʻminlash hamda ularni beshikast saqlab qolish masalalariga alohida eʻʻtibor qaratdi.
Soʻzining yakunida Mirziyoev mazkur uchrashuv Yaqin Sharq muammosini hal etishda katta qadam boʻlishiga umid bildirdi.
Muhokamalardan soʻng tomonlar mojaroning siyosiy-diplomatik echimini jadal izlashga sodiqligini tasdiqlovchi qoʻshma rezolyutsiya qabul qilindi