05.02.2025 12:01

Oʻzbekiston Malayziya bilan radikalizm va islomofobiyaga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirmoqchi

Oʻzbekiston Malayziya bilan radikalizm va islomofobiyaga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirmoqchi

5 fevralʻ kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev rasmiy tashrif bilan Malayziyaga bordi. "Perdana Putra" hukumat majmuasida boʻlib oʻtgan muzokaralarda u Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Innovatsion hamkorlikka yangi yoʻl ochildi

Tomonlar 2025–2026 yillarni Oʻzbekiston-Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davri deb eʻʻlon qilishga kelishib oldilar. Iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida neftʻ-kimyo, elektronika, "aqlli" qishloq xoʻjaligi, "yashil" energetika va ziyorat turizmi kabi sohalar belgilandi.

Savdo va sanoat hamkorligi kengaymoqda

Prezidentlar Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqish, oʻzaro sanoat koʻrgazmalarini oʻtkazish hamda Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishga kelishib oldilar. Shuningdek, Toshkent viloyatida Malayziyaning etakchi kompaniyasi boshqaruvida maxsus iqtisodiy zona tashkil etilishi maʻʻlum qilindi.

Madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanadi

Davlat rahbarlari madaniy va taʻʻlim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʻʻkidladilar. Joriy yilda ikki davlatda madaniyat haftaliklari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik

Muzokaralar chogʻida terrorizm, radikalizm va islomofobiyaga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoev Anvar Ibrohimni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga taklif etdi.

Mavzuga aloqador