Oʻzbekiston hukumati “Umra” faoliyati boʻyicha yangi talablarni joriy etdi - oʻzgarishlar
Oʻzbekiston hukumati “Umra” faoliyatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha talablarni kuchaytarishga qaratilgan qarorni qabul qildi. Unga koʻra, ushbu faoliyatni olib boruvchi tadbirkorlarga voyaga etmagan fuqarolarga xizmat koʻrsatmaslik, 1 mln AQSh dollari miqdordagi mablagʻni “Ziyorat” jamgʻarmasiga zaxira qilib qoʻyish hamda oʻz faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik kabi talablar qoʻyildi.
Oʻzbekiston
hukumati 12 oktyabrʻ kuni 668-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Umra”
tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada
takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha
qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Qayd
etilishicha, ushbu qarordan koʻzlangan maqsad “Umra” tadbirlarini tashkil etish va
oʻtkazish uchun litsenziya olish talablarini belgilash, ziyoratchilarga amallarni
munosib va xavfsiz bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, sifatli va kafolatlangan
xizmatlardan foydalanishini taʻʻminlashdan iborat.
Hujjat
bilan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati uchun litsenziya yakka
tartibdagi litsenziya turi hisoblanishi hamda litsenziyalarni berish tanlov asosida
Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan 2024 yil oktyabr oyidan amalga oshirilishi
belgilandi.
Quyidagi litsenziya talab va shartlari joriy etilmoqda:
ziyoratchilarga
guruh rahbari etib Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma
asosida diniy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassisni tayinlash;
shtatida diniy taʻʻlim yoʻnalishlari boʻyicha taʻʻlim muassasasi
yoki Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bitiruvchisi boʻlgan kamida bir nafar
mutaxassisning mavjudligi;
voyaga etmagan fuqarolarga xizmat koʻrsatmaslik;
1 mln AQSh dollari miqdordagi mablagʻni “Ziyorat” jamgʻarmasiga
zaxira qilib qoʻyish;
oʻz faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga
oshirmaslik;
ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistoni Podshohligining faqat
“Umra” vizasini rasmiylashtirish.
Bunda, "Umra" vizasidan tashqari viza bilan fuqarolarni olib borish
noqonuniy faoliyat hisoblanadi;
“Umra”
xizmatlarini Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilot oʻrtasida imzolanadigan
shartnomaga muvofiq amalga oshirish hamda ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar
uchun toʻlovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish;
ziyoratchilarga
“Umra” amallarini bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va sifatli
“Umra” xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, Saudiya Arabistonining Makka va Madina
shaharlarida ziyoratchilarga oʻz vaqtida tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish;
xalqaro
yoʻnalishlarda yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha 2 yildan kam boʻlmagan tajribaga ega
hamda ushbu davr mobaynida yoʻlovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik
talablarini buzmagan aviakompaniyalar bilan hamkorlik qilish, shuningdek,
ziyoratchilarni yuborishdan oldin ularga borish-kelish aviachiptalarini xarid qilish;
ziyoratchilarni
toifasi 3 yulduzdan kam boʻlmagan mehmonxonalarga joylashtirish;
“Umra” xizmatini uchinchi davlatlar orqali koʻrsatmaslik;
“Umra” xizmatini litsenziyada koʻrsatilgan manzildan boshqa
joyda joylashgan vakolatxona va filial orqali amalga oshirmaslik;
Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga
solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) etib
belgilangan.
Diniy
qoʻmita “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga oid xizmatlarini
litsenziyaga ega boʻlmagan tadbirkorlik subʻʻektlari tomonidan koʻrsatish taqiqlanganidan ogohlantirdi.
Shuningdek,
fuqarolarga Din ishlari boʻyicha qoʻmita ziyoratchilarimizni "Umra"
amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh boʻlishlari va keyinchalik
turli koʻngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va
kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etildi.