12.09.2025 12:15
66

Oʻzbekiston harbiy vertolyotlarni Afgʻonistonga qaytarmoqchi emas-TIV



Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxanov Oʻzbekiston Afgʻonistonga harbiy vertolyotni qaytarishga rozi boʻlganiga oid xabarni rad etdi.

"Bu kabi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Oʻzbekiston pozitsiyasi oʻzgarishsiz qolgan", degan u mahalliy nashrga.

Gap shundaki, kuni kecha  The Kabul Times Oʻzbekiston Afgʻonistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytarishga rozi boʻlganini yozdi.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yil avgust oyida 585 nafar qurolli afgʻon harbiy xizmatchilar boʻlgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot Oʻzbekiston havo hududiga kirgan. 

Afgʻoniston rasmiylari aviatexnikalar ularniki ekanini bir necha bor aytgan. Oʻzbekiston ular AQSh mulki ekanini va qaytarib boʻlmasligini aytib keladi.

Mavzuga aloqador