Ozarbayjonning Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Lochin shahri 2025 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining “madaniy poytaxti” deb eʻʻlon qilindi.

Kremlʻ tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi Yuriy Ushakov Ozarbayjonning Lochin shahri kelasi yili Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ning madaniy poytaxti sifatida tanlanishini maʻʻlum qildi.

Ushakov jurnalistlarga 8 oktyabrʻ kuni Moskvada boʻlib oʻtadigan MDH davlat rahbarlari sammitida gumanitar masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilinishini bildirdi.

“2025 yilda Lochin (Ozarbayjon), 2026 yilda Megri (Armaniston) va 2027 yilda Molodechno (Belarus)ga madaniy poytaxt maqomini berish loyihalari muhokama qilinadi”, — dedi maslahatchi.

2024 yilda Oʻzbekistonning Samarqand shahri MDHning “madaniy poytaxti” deb eʻʻlon qilingandi.

Lochin shahri 1992 yil may oyi oʻrtalaridan 2020 yil 1 dekabrgacha shahar tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasi nazorati ostidagi hududda joylashgan boʻlib, Berdzor deb atalgan. Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvdan soʻng, shahar joylashgan Lochin yoʻlagi Rossiya tinchlikparvar kontingentining vaqtinchalik harbiy nazorati ostiga oʻtdi. 2022 yil 26 avgustda shahar butunlay Ozarbayjon tasarrufiga oʻtdi.

Mavzuga aloqador