30.06.2025 08:30
74
Ozarbayjonda Rossiya bilan bogʻliq barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi
Ozarbayjonda Rossiya davlat va xususiy muassasalari tomonidan tashkil etilgan barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi.
Madaniyat vazirligining ushbu qarori Rossiya huquq-tartibot organlarining Ekaterinburgdagi harakatlariga javoban qabul qilingan. U erda ozarlarning yashash va ish joylarida keng koʻlamli reydlar oʻtkazilib, 50 dan ortiq ozarbayjonlik qoʻlga olingandi. Reyd davomida ikki kishi – aka-uka Ziyoddin va Husayn Safarovlar halok boʻlgan.
Ozarbayjon TIV Rossiyaning Bakudagi elchixonasi vakili Pyotr Volokovni idoraga chaqirtirgan va unga rasmiy norozilik bildirgan. Tashqi siyosiy idora Rossiya xavfsizlik kuchlarining harakatlarini "qabul qilib boʻlmas zoʻravonlik" deb atagan.