21.05.2025 14:13
201
Ozarbayjonda Kaъba nusxasini qurish taklif qilindi
Ozarbayjonlik deputat Gudrat Hasanguliev Naxchivon shahridagi Ashobi Kahf gʻori hududida Makkadagi Kaъbaning aynan nusxasini yaratish tashabbusi bilan chiqdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Saudiya Arabistoni har yili Kaъba qoplamasi (kisva)ni almashtiradi va eskisini esa musulmon davlatlardan biriga sovgʻa qiladi. Ozarbayjon ham musulmon davlat sifatida bunday qoplamani olish uchun murojaat qilishi mumkin.
Deputatning taъkidlashicha, Makkada muqaddas ziyoratgohga faqat cheklangan miqdordagi odamlar kirishi mumkin. Ashobi Kahfdagi yangi Kaъbaga esa barcha ziyoratchilar bemalol kirishi mumkin boʻladi.
Uning fikricha, ushbu loyiha mamlakatdagi ziyorat turizmini ham rivojlantirishga hissa qoʻshishi mumkin.