Ozarbayjonda arman minalari portlashidan jabrlanganlar 381 nafarga etdi
2020 yil 10 noyabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan beri 70 nafar Ozarbayjon fuqarosi armanlar tomonidan yashirilgan minalar portlashi qurboni boʻldi, 311 kishi jarohat oldi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatni Armanistonning Ozarbayjonga qarshi “mina terroriga” koʻz yummaslikka chaqirdi.
Ozarbayjon
Ichki ishlar vazirligi va Minasizlantirish agentligi (ANAMA) qoʻshma bayonotida
aytilishicha, Armaniston chegarasidagi Gazax tumanida yana bir mahalliy fuqaro mina
portlashi natijasida tan jarohati olgan.
Tashqi
ishlar vazirligi Ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan beri 381 Ozarbayjon fuqarosi
minalardan jabr koʻrganini maʻʻlum qildi.
“Xalqaro
hamjamiyat Armanistonning Ozarbayjonga qarshi davom etayotgan mina terroriga koʻz
yummasligi kerak”, — deyiladi TIV bayonotida.
Arman
istilosidan ozod qilingan Qorabogʻ mintaqasi va uning atrofidagi hududlarga
arman armiyasi tomonidan yuz minglab minalar koʻmilgani taxmin qilinmoqda. Biroq
Armaniston tomoni minalashtirilgan hududlarning toʻliq xaritasini topshirishdan bosh
tortib kelmoqda.
Oʻtgan
hafta davomida (07.10.2024 - 13.10.2024) arman istilosidan ozod qilingan hududlarda
141 ta piyodalarga va 64 ta tankga qarshi mina, 625 ta portlamay qolgan
oʻq-dorilar topildi. 1198,7 gektar hudud mina va portlamay qolgan oʻq-dorilardan
tozalandi.
Shu bilan
birga, 2020 yil 10 noyabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan beri 70 nafar
Ozarbayjon fuqarosi mina portlashi qurboni boʻldi, 311 kishi jarohat oldi.