22.07.2025 06:27
125

Ozarbayjon prezidenti Qorabogʻni tiklashda ilk sovgʻani Oʻzbekiston berganini aytdi



Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Xonkendida oʻtkazilgan mediaforumda Oʻzbekistonning Qorabogʻni tiklash yoʻlidagi harakatlaridan minnatdor ekanini aytib oʻtdi. U oʻzbekistonlik jurnalist Sherzodxon Qudratxoʻjaning savoliga javoban shunday degan:

"Oʻzbek birodarlarimizning qoʻllovi biz uchun juda muhim. Qorabogʻni tiklash yoʻlidagi ilk sovgʻani Oʻzbekiston bergan. Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Fuzuliyda 960 oʻquvchiga moslashgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi maktab ochgandik".

Sherzodxon Qudratxoʻja forum davomida Ozarbayjon prezidentiga bir necha savollar berdi. Xususan, Zangezur koridori va Ilhom Alievning otasi Haydar Aliev haqida soʻradi. Prezident Zanguzer koridori bir necha davlatni bogʻlaydigan muhim arteriya boʻlishini aytdi. Otasi haqidagi savolga esa taъsirlanib, mamlakat uchun qiyin damlarda Haydar Aliev haqiqiy xalqparvarlik namunasini koʻrsatganini eъtirof etdi. 

"U oʻsha vaqt yosh emas, 70 ga kirgandi, salomatligida ham muammolar bor edi. Lekin u vaziyatni iziga tushira oldi. Otam Qorabogʻ ozod qilinishini eng koʻp istagan odam edi, lekin, afsus, bu kunlarni koʻra olmadi", degan Ilhom Aliev.

Mavzuga aloqador