Ozarbayjon parlamenti Frantsiya Senati qaroriga javob qaytardi
Ozarbayjon parlamenti Frantsiya Senati qaroriga javob qaytardi
Ozarbayjon
parlamenti Frantsiya Senatining Bokuga qarshi sanktsiyalarni oʻz ichiga olgan qarorga
javoban, Tashqi ishlar vazirligiga Frantsiyaning mustaqillik daʻʻvo qiluvchi Kanaka, Maoxi Nui va
Korsika hududlari
suverenitetini tan olish choralarini koʻrish topshirdi.
Ozarbayjon Milliy Majlisining (parlament) Xalqaro
munosabatlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi Frantsiya Senati qarori
munosabati bilan bayonot qabul qildi.
Hujjatda qayd etilishicha, Frantsiya hukumati tomonidan olib
borilayotgan Ozarbayjonga qarshi siyosat, jumladan, shu kunga qadar Frantsiya
parlamentining har ikki palatasida Bokuga qarshi qabul qilingan rezolyutsiyalar
tufayli ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar tarixdagi eng past darajaga tushgan va aslida
toʻxtatilgan deb hisoblash mumkin.
Qoʻmita Ozarbayjon hukumatiga Frantsiyaga qarshi sanktsiyalar
qoʻllashni, frantsuz rasmiylarining Ozarbayjondagi barcha aktivlarini muzlatib
qoʻyishni, Frantsiya bilan barcha iqtisodiy aloqalarni toʻxtatishni, barcha frantsuz kompaniyalarini
Ozarbayjondan, shu jumladan Total kompaniyasini olib chiqishni va frantsuz kompaniyalarining Ozarbayjon
tomonidan topshirilgan har qanday loyihalarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslikni
tavsiya qildi.
Shuningdek,
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga Frantsiyaning mustaqilligini daʻʻvo qiluvchi Kanaki (Yangi Kaledoniya, Tinch okeani hududidagi
Frantsiya mustamlakasi), Maoxi Nui (Maohinui, Taiti)
va Korsika hududlari
suverenitetini tan olish choralarini koʻrish topshirildi.
Avvalroq Frantsiya
Senati 336 ovoz va 1 qarshi ovoz bilan Ozarbayjonga qarshi sanktsiyalar joriy
etilishini nazarda tutuvchi qarorni qabul qildi.
Hujjatda
Armanistonning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlash haqida soʻz boradi va
Ozarbayjon qoʻshinlarini Qorabogʻdan olib chiqib ketish talab etiladi. Bundan
tashqari, “Togʻli Qorabogʻ siyosiy etakchilarining hibsga olinishini” qoralanib,
ularni zudlik bilan ozod qilishni talab qilingan. Shuningdek, arman aholisining
Togʻli Qorabogʻga qaytish huquqi kafolatlari talab qilingan.
Frantsiya
Senati rezolyutsiyasida Bokuga nisbatan eng qatʻʻiy choralar koʻrish, jumladan,
Ozarbayjon rasmiylarining mol-mulkini musodara qilish hamda Ozarbayjondan gaz va
neftʻ importiga embargo joriy etish zarurligi qayd etilgan.