24.02.2025 16:23
342

Ozarbayjon oʻrisparast nashrni mamlakatidan quvdi

“Russia Today” media guruhining Ozarbayjondagi vakolatxonasi (Sputnik Ozarbayjon) oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda  maъlum qildi.

Hojizodaga koʻra, Rossiya kompaniyasi Ozarbayjonda faqat bitta muxbir uchun akkreditatsiya olishi mumkin. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hozircha maъlumotga izoh bermagan.

Oldinroq Ozarbayjon hukumati BBC Ozarbayjon xizmatining Bokudagi ofisini yopishni talab qilgandi. BBC jurnalistlari vaziyatga oydinlik kiritilgunga qadar Bokudagi faoliyatini toʻxtatgan. Bir qator mediakorporatsiya vakillari ushbu qarorni “matbuot erkinligini cheklash”, deya baholagan. Shuningdek, mamlakatdan Amerika xalqaro taraqqiyot agentligi USAID ofisi, shuningdek, Rossiyaning “Rossotrudnichestvo” tashkiloti ham quvilgandi.

Mavzuga aloqador