19.07.2024 10:27

Yangi Kaledoniya Frantsiya qoʻshinlarining chiqib ketishini talab qilmoqda

Frantsiya mustamlakasi ostidagi Yangi Kaledoniya mustaqilligi tarafdorlari frantsuz xavfsizlik kuchlarining oroldan chiqib ketishini talab qilmoqda. Kanak sotsialistik milliy ozodlik fronti Parijni Yangi Kaledoniyaning tub aholisini oʻz taqdirini oʻzi belgilash va oʻz erlarini mustaqil boshqarish huquqidan mahrum qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy islohotga qarshi chiqqanlarga nisbatan qattiq bosimni davom ettirishda aybladi.

Kanak sotsialistik milliy ozodlik fronti Frantsiya xavfsizlik kuchlarini oroldan “zudlik bilan” olib chiqib ketishga chaqirdi.

Tashkilot Parijni Yangi Kaledoniyaning tub aholisini oʻz taqdirini oʻzi belgilash va oʻz erlarini mustaqil boshqarish huquqidan mahrum qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy islohotga qarshi chiqqanlarga nisbatan qattiq bosimni davom ettirishda aybladi.

Matbuot anjumanida front etakchilari may oyida boshlangan norozilik namoyishlarini bostirish uchun Frantsiya hukumati tomonidan zirhli texnika bilan birga yuborilgan qoʻshimcha politsiya, jandarm va harbiy xizmatchilarni oroldan olib chiqishni talab qildi.

13 maydan beri Yangi Kaledoniyada ommaviy tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok boʻldi. Bir necha bino va transport vositalari, jumladan politsiya boʻlimi ham yoqib yuborilgan.

Mahalliy kanaklar 300 ming kishi istiqomat qilayotgan Frantsiya mustamlakasi aholisining taxminan 40 foizini tashkil qiladi.

Parij oʻzgartirishlar orqali Yangi Kaledoniyada istiqomat qiluvchi 25 mingdan ortiq etnik frantsuzlardan iborat qoʻshimcha guruhga ovoz berish imkoniyatini bermoqchi. Bu mahalliy aholining saylovlardagi taʻʻsirini jiddiy ravishda kamaytiradi.

Orollarda mustaqillik boʻyicha referendumlar uch marta – 2018, 2020 va 2021 yillarda oʻtkazilgan. 17 000 km uzoqlikda joylashgan Frantsiyadan ajralib chiqish tarafdorlari oʻshanda kerakli ovozlarning yarmini toʻplay olishmadi.

Mavzuga aloqador