Tahlil: Nima uchun Frantsiya Yangi Kaledoniya voqealarida Ozarbayjonni ayblamoqda?
Frantsiya parlamentining Yangi Kaledoniya Konstitutsiyasiga kamida 10 yil avval mintaqaga koʻchib kelgan xorijliklarga saylovlarda ovoz berish huquqini berishni koʻzda tutgan oʻzgartirishni kiritish taklifi mahalliy aholining noroziliklariga sabab boʻldi va eng kamida besh kishi hayotdan koʻz yumgan tartibsizliklarga aylanib ketdi. Yangi Kaledoniyada sodir boʻlgan soʻnggi voqealar Ozarbayjonga ikki jihatdan aloqador.
Frantsiya parlamentining Yangi Kaledoniya Konstitutsiyasiga kamida 10 yil avval
mintaqaga koʻchib kelgan xorijliklarga saylovlarda ovoz berish huquqini berishni koʻzda tutgan oʻzgartirishni kiritish taklifi mahalliy
aholining noroziliklariga sabab boʻldi va eng kamida besh
kishi hayotdan koʻz yumgan
tartibsizliklarga aylanib ketdi. Mintaqa aholisining fikricha, 1998 yilgi Noumea kelishuvi qoidalariga
zid ravishda Konstitutsiyaga
kiritilishi kutilayotgan oʻzgartirish aholining 40 foizga yaqinini tashkil
etuvchi kanaklarning ovozini xorijliklar
foydasiga zaiflashtiradi.
Noumea
kelishuvi Yangi Kaledoniyada 1998 yilgacha yashagan shaxslar va ularning farzandlari uchun ovoz berish huquqlarini
cheklagan hamda ozchilikka
aylanib borayotgan kanaklar uchun koʻproq vakolatlarni taqdim etishni koʻzda tutgan.
Mintaqadagi toʻqnashuvlardan soʻng Frantsiya ichki ishlar vaziri France-2 telekanaliga
intervʻyu berar ekan, Ozarbayjonni hududdagi separatistlarni (ayirmachilar)
qoʻllab-quvvatlashda aybladi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bu
ayblovlarni rad etib, Frantsiya ichki ishlar vaziri oʻz mamlakatining bunday
noroziliklarga sabab boʻlgan muvaffaqiyatsiz tashqi siyosatiga eʻʻtibor qaratishi
kerakligini aytdi.
Yangi Kaledoniya mustaqilligi tarixi
Yangi Kaledoniya 1774 yil 4 sentyabrda ingliz tadqiqotchisi
Jeyms Kuk tomonidan Gʻarb
dunyosi uchun kashf etilgan va 1853 yil 24 sentyabrda Frantsiya tomonidan
bosib olingan. Oʻshandan beri mahalliy aholi va frantsuz maʻʻmuriyati oʻrtasida nizolar kelib
chiqadi. Bu keskinlik hatto 1953 yilda
ham oʻzgarmadi, oʻshanda mintaqa
Frantsiyaning dengiz ortidagi hududiga
aylangan va mintaqa aholisi Frantsiya fuqaroligini olgandi. 1983 yilda mintaqaga kengaytirilgan
avtonomiya maqomi berildi,
ammo 1986 yil mart oyida Frantsiyada saylangan oʻng markazchi hukumat mahalliy
xalqlarni hisobga olmagan holda erlarni qayta taqsimladi, natijada erlarning uchdan ikki qismidan koʻprogʻi
evropaliklar qoʻliga oʻtdi.
1998 yilgi Noumea kelishuviga muvofiq, 20 yil davomida vakolatlarni
bosqichma-bosqich mahalliy hokimiyat organlariga topshirishga qaror qilindi. Bu
davrda 2018, 2020 va 2021 yillarda avtonomiya oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritish uchun 3 marta
referendum oʻtkazildi. Yangi Kaledoniya soʻnggi 25 yil davomida mustaqillikka qarshi
maʻʻmuriyat tomonidan boshqarib
kelinmoqda, ammo mamlakatda mustaqillik tarafdori boʻlgan harakat ham nufuzga ega.
Ozarbayjon va Frantsiya oʻrtasidagi keskinlik parda ortida
Yangi Kaledoniyada sodir boʻlgan soʻnggi voqealar Ozarbayjonga
ikki jihatdan aloqador.
Birinchidan, mintaqadagi mustaqillik tarafdorlari Covid-19
pandemiyasi tufayli boykot qilishga qaror qilgan 2021 yilgi referendum
Ozarbayjonning Qoʻshilmaslik harakati (QHH)ga raislik
qilgan davrga toʻgʻri keldi.
Ikkinchidan, 2020 yilda Ozarbayjon oʻz erlarini arman
bosqinidan ozod qildi. Biroq prezident Emmanuel Makron maʻʻmuriyati Qorabogʻdagi
separatistik harakatni xalqaro va ichki miqyosda noqonuniy ravishda
qoʻllab-quvvatladi, shu bilan birga, Yangi Kaledoniya aholisining qonuniy huquqlariga cheklovlar
kiritdi.
2020 yildagi 44 kunlik urushdan soʻng darhol Frantsiya Senati
noqonuniy “Qorabogʻ Respublikasi”ni tan olishga qaror qildi. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron,
masalani BMT Xavfsizlik Kengashiga olib chiqib, Frantsiyadagi xalqaro “tinchlikparvar kuch”larni mintaqaga joylashtirish
orqali Qorabogʻdagi ishgʻol tuzilmasini qonuniylashtirishga harakat qildi. Ayni
vaqtda Frantsiya boshchiligida Qorabogʻdagi ayirmachilarga xalqaro gumanitar yordam niqobi ostida koʻmak yuborildi.
Boshqa tomondan, Evropa Ittifoqi fuqarolik kuzatuvchilari
missiyasi Armaniston-Ozarbayjon chegarasiga joylashtirildi va Ozarbayjonga qarshi
qaror qabul qilishlari uchun Evropa Ittifoqi muassasalariga bosim kuchaytirildi.
Frantsiya esa
Armanistonni qurollantirib, xalqaro miqyosda “Ozarbayjon Armanistonga hujum
qiladi” degan notoʻgʻri maʻʻlumot tarqatdi. Frantsiyaning bu pozitsiyasi Janubiy
Kavkazda yangi mustamlakaga ega boʻlishga urinish sifatida baholandi.
Ozarbayjon Frantsiyani bu dushmanlik pozitsiyasidan voz kechishga
va Ozarbayjonning xalqaro huquqdan kelib chiqadigan huquqlarini buzmaslikka
chaqirdi. Prezident Ilhom Aliev Armaniston bilan baʻʻzi muzokaralarda Emmanuel
Makronning ishtirok etishiga eʻʻtiroz bildirmadi. Biroq, Ozarbayjonning yondashuviga
qaramay, Frantsiya Ozarbayjonga nisbatan pozitsiyasini oʻzgartirmadi.
Frantsiyaning pozitsiyasi Ozarbayjon qoʻshilmaslik harakatiga
rahbarlik qilgan davrga toʻgʻri keldi. 2019 yilda Bokuda boʻlib oʻtgan Qoʻshilmaslik harakati sammitidan soʻng
Ozarbayjon harakatga raislikni oʻz zimmasiga oldi va harakatni 2023 yilgacha
boshqarib, uni
institutsionallashtirish va xalqaro maydonda samaradorligini oshirishga katta hissa
qoʻshdi.
Shu bilan
birga, BMT Nizomida mustamlakalar uchun nazarda tutilgan eng muhim huquqlardan
biri boʻlgan “oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi” 1955 yilda Qoʻshilmaslik
harakatining Bandunk konferentsiyasida qabul qilingan. Shu nuqtai nazardan, 2023
yil 6 iyulʻ kuni Boku shahrida boʻlib oʻtgan Qoʻshilmaslik harakati Muvofiqlashtiruvchi
byurosining vazirlar yigʻilishi doirasida boʻlib oʻtgan “Mustamlakachilikni butunlay
yoʻq qilish sari” mavzusidagi davra suhbati ishtirokchilari Boku tashabbus guruhini
tuzdi.
Bu
guruhning asosiy maqsadi mustamlaka ostidagi xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi
belgilash tamoyilini kun tartibida saqlab qolish edi. 2023 yil 2 mart kuni Aliev
Qoʻshilmaslik harakati aloqa guruhi sammitida nutq soʻzladi.
“Biz
Frantsiya hukumatini Yangi Kaledoniya hamda Frantsiyaning xorijdagi hamjamiyatlari va
hududlaridagi boshqa xalqlarning huquqlarini hurmat qilishga chaqiramiz”, - dedi
u.
Bokudagi
yigʻilishda qatnashgan Yangi Kaledoniya Kongressi rahbari Roke Vamitan: “Biz
qoʻshilmaslik harakati aʻʻzolari bizning intilishlarimiz va mustaqilligimizga
erishishimizga yordam beradi, deb ishonamiz”, - dedi.
Hozirgi
voqealar
2024 yil
18 aprelda Bokuga kelgan Yangi Kaledoniya deputatlari ishtirokida “Yangi Kaledoniya:
tarix, zamonaviy muammolar va kutilayotgan kelajak” mavzusida konferentsiya boʻlib
oʻtdi. Shu kuni Bokuda Ozarbayjon parlamenti va Yangi Kaledoniya Kongressi oʻrtasida
hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kelishuvga koʻra, Ozarbayjon Milliy Majlisi
(parlamenti) Yangi Kaledoniya mahalliy aholisining oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini
qoʻllab-quvvatladi va Ozarbayjon bu borada xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishi
kelishib olindi.
Yangi
Kaledoniyada Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishga qarshi namoyishlar davom etar
ekan, 16 may kuni Bokuda Boku tashabbus guruhi tashabbusi bilan Frantsiya mustamlakalarida
oʻz mustaqilligi uchun kurashayotgan 14 ta siyosiy harakat vakillari qoʻshma
deklaratsiya eʻʻlon qilib, Yangi Kaledoniya xalqi talablarini qoʻllab-quvvatladi. Guruh
tomonidan qoʻllab-quvvatlangan bu yigʻilish Frantsiya hukumatini xavotirga solib,
Ozarbayjonni bu maʻʻnaviy va siyosiy yordamni qoralash maqsadida ayirmachilarni
qoʻllab-quvvatlashda aybladi.
Xulosa
qilib aytganda, Frantsiya hukumati Kaledoniya mintaqasi aholisining qonuniy
talablarini qondirish va mintaqa muammolariga eʻʻtibor qaratish oʻrniga tashqi
dushmanlar yaratishga intiladi. Faqat demokratiya va inson huquqlarini hurmat
qiladigan davlatdek koʻringan Frantsiya, afsuski, mahalliy aholining qonuniy
talablarini bajarishdan yiroq. Ozarbayjonning Yangi Kaledoniya xalqiga boʻlgan
qiziqishi, avvalambor, Qoʻshilmaslik Harakatiga raislik qilgan davrda boshlangan.
Ozarbayjonning kanaklarni qoʻllab-quvvatlashi siyosiy va maʻʻnaviy yordamdan nariga
oʻtmadi. Frantsiya rasmiylari esa, oʻzlari daʻʻvo qilganidek, Ozarbayjonning maxfiy
faoliyatiga oid hech qanday dalil keltira olmadi.
Javid
Veliev, Ozarbayjon xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi tashqi siyosiy
tahlil boʻlimi boshligʻi, “Onadoʻli”
AA.
Maʻʻlumot
uchun, Yangi Kaledoniya Frantsiyadan 17 ming chaqirim uzoqlikda, Avstraliya qitʻʻasi
yaqinida joylashgan orol. Yangi Kaledoniya qimmatbaho nikelʻ metalini ishlab chiqarish
boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinda turadi.