19.11.2024 06:36

Ozarbayjon Armanistondagi vaziyat tufayli harbiy byudjetini 2 milliard dollarga oshirdi

Armaniston tomonidan olib borilayotgan keng koʻlamli harbiylashtirish siyosati, jumladan hind va frantsuz qurollari sotib olinayotgani tufayli Ozarbayjon oʻz mudofaa byudjetini 2 milliard dollarga oshirdi. 
Ozarbayjon 2025 yilda mudofaa va xavfsizlik uchun sarflanadigan xarajatlarni 3 milliard dollardan 5 milliard dollarga oshiradi. Bu haqda Ozarbayjon moliya vaziri Samir Sharifov “Ozarbayjonning 2025 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining parlamentdagi muhokamasi chogʻida aytib oʻtdi. 
"Armaniston tomonidan olib borilayotgan keng koʻlamli harbiylashtirish siyosati Ozarbayjon mudofaasi va xavfsizligi uchun xarajatlarni koʻpaytirish zaruratini keltirib chiqardi", - dedi u.
Dastlab mamlakat mudofaa xarajatlari kelgusi yil uchun 3 milliard dollardan ortiqni tashkil etishi rejalashtirilgan edi. Biroq Ozarbayjon hukumati koʻrsatmasi bilan Erevanning keng koʻlamli harbiylashtirilishi, jumladan hind va frantsuz qurollari tufayli mudofaa va xavfsizlik xarajatlari qariyb 2 milliard dollarga oshirildi. Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish Ozarbayjon Davlat neftʻ jamgʻarmasidan davlat byudjetiga oʻtkazmalarni koʻpaytirish hisobiga taʻʻminlanadi.

Mavzuga aloqador