Ozarbayjon Armaniston tomonidan oʻrnatilgan 158 mingdan ortiq minalarni zararsizlantirdi
Ozarbayjon ishgʻoldan ozod qilingan hududlarda Armaniston armiyasi tomonidan joylashtirilgan 158 mingdan ortiq mina va portlamagan oʻq-dorilarni tozaladi. Urush tugaganidan beri ishgʻol paytida arman kuchlari tomonidan oʻrnatilgan mina portlashlari natijasida 70 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok boʻldi, 309 nafari yaralandi.
Ozarbayjon ishgʻoldan ozod qilingan hududlarda Armaniston
armiyasi tomonidan joylashtirilgan 158 mingdan ortiq mina va portlamagan
oʻq-dorilarni tozaladi.
Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Qorabogʻ viloyati va uning
atrofidagi hududlarda minalardan tozalash ishlari davom etmoqda. Taxminlarga
koʻra, arman tomoni ozod qilingan hududlarga yuz minglab mina oʻrnatgan.
Minalarni
tozalash ishlari Ozarbayjon Qurolli kuchlarining muhandislik boʻlinmalari bilan
birgalikda Ozarbayjon minalarga qarshi agentligi (ANAMA) tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Chegara xizmati va qator xususiy korxonalar ham
oʻz hissasini qoʻshmoqda.
«Anadolu» Qorabogʻ va uning atrofidagi hududlarda olib
borilgan minalardan tozalash ishlari, shuningdek, mina portlashlari qurbonlari
haqidagi maʻʻlumotlarni toʻpladi.
Unga koʻra, 2020 yil 10 noyabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan beri 162 ming
gektar maydon tozalandi.
Tozalangan
hududlarda 104 mingdan ortiq portlamagan oʻq-dorilar, 33 mingdan ortiq
piyodalarga qarshi minalar va 20 mingdan ortiq tankga qarshi minalar aniqlangan.
Hammasi boʻlib 158 mingdan ortiq mina va portlamagan oʻq-dorilar zararsizlantirildi.
Urush
tugaganidan beri ishgʻol paytida arman kuchlari tomonidan oʻrnatilgan mina
portlashlari natijasida 70 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok boʻldi, 309 nafari
yaralandi.