01.01.2024 12:25

Ozarbayjon 2023 yilda Evropaga gaz eksportini oshirdi

Ozarbayjon Evropa davlatlariga gaz sotishni boshlaganidan buyon jami 31 mlrd kub metr gaz etkazib bergan.

Ozarbayjon 2023 yilda Evropaga 11,8 mlrd kub metr gaz eksport qildi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Parviz Shaxbazov maʻʻlum qildi.

“Qisqa va uzoq muddatli shartnomalar asosida Evropaga 11,8 mlrd kub metr gaz eksport qilindi”, — deb yozdi Shaxbazov X ijtimoiy tarmogʻida.

Uning soʻzlariga koʻra, 2022 yilda Boku Evropa Ittifoqiga 11,4 mlrd kub metr gaz sotgan. Yaʻʻni, bu yoʻnalishda etkazib berish hajmi 3,5 foizga oshdi.

Shaxbazovning qayd etishicha, Ozarbayjon EIga gaz etkazib berishni boshlaganidan buyon uch yil davomida jami 31 mlrd kub metrdan ortiq gaz eksport qilingan.

Avvalroq 2023 yilda Ozarbayjon oʻz gaz eksportining yarmini Evropaga joʻnatgani xabar qilingan edi. Bu, rasmiy hisob-kitoblarga koʻra, Bokuning energetika strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.

“Biz tashabbus qilgan va amalga oshirgan loyihalar Evroosiyo energetika xaritasini sezilarli darajada oʻzgartirdi. Boku-Tbilisi-Jeyxan va Baku-Supsa neftʻ quvurlari bugungi kunda Ozarbayjon neftini Oʻrtaer dengizi va Qora dengiz bozorlariga etkazib bermoqda. Janubiy gaz yoʻlagi 3,5 ming km uzunlikdagi yirik infratuzilma loyihasi boʻlib, Evropaning energetik xavfsizligiga ulkan hissa qoʻshmoqda”, — degan edi respublika prezidenti Ilhom Aliev Serbiyaning Nis shahrida Serbiya-Bolgariya tizimlararo gazining ochilish marosimida soʻzlagan nutqida. 

Mavzuga aloqador