13.10.2025 07:05
135
Orol dengizini qayta tiklash dasturlariga 33 mln dollar yoʻnaltirganmiz – Putin
RF etakchisi Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda Orol dengizini qayta tiklashga oid dasturlarga allaqachon 33 million dollardan ortiq mablagʻ ajratgan.
“Rossiya–Markaziy Osiyo” ikkinchi sammiti majlisida RF prezidenti bunday dasturlar qatorida Amudaryo va Sirdaryo havzalarining holatini monitoring qilish, suvni tejash va qayta foydalanish texnologiyalarini joriy etish, shuningdek orolboʻyi hududi hamda Orolning qurib qolgan sarhadlarida tizimli koʻchat ekish ishlari ham borligini maъlum qildi.
Bundan avvalroq Putin Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 20 milliard dollarga etganini, bu esa “hali etarli emas”ligini aytgan edi. Shuningdek, Moskva mintaqadagi davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qatъiy bel bogʻlaganini taъkidlagan.